
Ketishi kutilayotgan Shomurodovning derbidagi o‘yini qanday baholandi?
Italiya chempionatining markaziy uchrashuvlaridan biri Rimda poytaxtning ikki jamoasi – “Roma” va “Latsio” futbolchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Jamoalarning musobaqa jadvalida joylashgan o‘rinlari orasidagi farq katta ekaniga qaramay, hamshaharlaridan ancha quyida borayotgan “bo‘rilar” bu gal kuchdi raqibni taslim qila oldi.
Klaudio Raneri shogirdlari dastlabki yigirma daqiqa ichida Lorentso Pellegrini va Aleksis Salemakersning gollari evaziga, uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi.
Eldor Shomurodov 74-daqiqada Artyom Dovbik o‘rniga maydonga tushdi.
Quyida siamolaroma.it sayti ekspertlari tomonidan “Roma” futbolchilarining derbidagi o‘yiniga berilgan baho bilan tanishib olishingiz mumkin.
Mile SVILAR 6,5:
“Latsio” bu darvozabonni bezovta qila olgani yo‘q. Uchrashuv Svilar uchun ancha xotirjam o‘tdi.
Janluka Manchini 7,5:
Himoyani mustahkam ushladi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bir necha marta yuqoridan kelgan to‘plarni boshi bilan qaytarib yubordi.
Mats XUMMELЬS 7,5:
Germaniyalik himoyachi o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyish qildi. Raqib futbolchisi Valentin Kastelyanosning qizil kartochka olishiga sababchi bo‘ldi.
Evan NDIKA 7:
Birinchi bo‘limda “Latsio” futbolchisi Fisao Dele-Bashiruning yagona xavfli hujumini qaytardi. O‘yinning ikkinchi yarmida Lum Chaunaning darvozaga xavf solishiga yo‘l bermadi.
Aleksis SAELEMAEKERS 7,5:
“Roma”ning hujum chizig‘i samaradorligi belgiyalik futbolchiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ikkinchi golni urib, g‘oliblik masalasini hal qildi.
Manu KONE 7:
Butun maydon bo‘ylab harakat qildi. Raqib o‘yinini buzish va jamoasi hujumini boshlashda faollik ko‘rsatdi.
Leandro PAREDES 7:
Maydon markazidagi yakkakurashni deyarli boy bergani yo‘q. Raqib hujumlarini bloklash, to‘pni egallashda o‘zini ko‘rsata oldi.
Lorentso PELLEGRINI 7,5:
Bir aniq zarba bilan “Roma” muxlislarining mehrini qayta qozona oldi. Zo‘r o‘yin va ajoyib gol.
ANJELINO 7:
Chiroyli o‘ynadi. Raqib paslarini kesib qo‘yishda ishonchli o‘ynadi.
Paulo DIBALA 7:
O‘yin davomida kurashuvchanlik qobiliyatini namoyish qildi, Salemakersga golli pas uzatdi.
Artyom DOVBIK 6,5:
Raqib himoyachilarining e’tiborini o‘ziga qaratib turdi. Ko‘p kurashdi, lekin hali sport formasini to‘liq tiklab olmagani bilindi va joyini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Nikolo PIZILLI 6,5:
Har bir to‘p uchun kurashishga harakat qildi.
Stefan EL-ShAARAVI 6,5:
Raneri uni Salemakers o‘rniga hujum chizig‘ida o‘ynatdi. Vazifasini uddaladi.
Tommazo BALЬDANTsI 7:
Dibala o‘rniga maydonga tushgan Baldantsi raqibdan to‘pni olib qo‘yish ustasi ekanini ko‘rsatib, muxlislar oliqishiga sababchi bo‘ldi.
Eldor ShOMURODOV 6,5:
Artyom Dobvik o‘rniga maydonga tushib, atigi bir necha daqiqa o‘ynagan bo‘lsa-da, har bir to‘p uchun kurashishga harakat qildi. Shomurodov bugungi o‘yinidan jamoani tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchiga o‘xshamadi.
Klaudio RANЬERI 8:
Raneri beshta derbining hammasida g‘olib chiqdi. Bu galgi g‘alabaga tarkib tanlash, strategiya va xotirjam yondashuv asos bo‘ldi. “Roma” katta burilishga yuz tutmoqda...
Ta’kidlash joizki, 29 yoshli Eldor Shomurodov qishki tranferlar vaqtida “Roma”ni tark etishi kutilmoqda. Eldorga “Komo”, “Kalyari”, “Empoli”, “Venetsiya” va “Torino” kabi jamoalar jiddiy qiziqyapti.
Fikrlar