
Ketishga umid qilma!
Angliya terma jamoasi va “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays bir necha mavsumdan beri grand klublarni qiziqtirib kelmoqda.
“Vest Xem” har qanday taklif bo‘lishiga qaramay, o‘z etakchisini qo‘yib yubormayapti. Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Deklan Rays masalasi yana ko‘tarildi.
Futbolchining o‘zi chempionat sovrinli o‘rinlari va Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashiga qodir jamoalarda to‘p tepishni orzu qilmoqda.
“Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchining “Chelsi”ga o‘tishi mumkinligiga munosabat bildi.
- Deklan Raysning yanvarda jamoani tark etishga hech qanday imkoniyati yo‘q, - dedi Devid Moyes.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Rays kelishuvni uzaytirish bo‘yicha takliflarni qabul qilmayapti.
Fikrlar