
Ketgani rost bo‘lsin!
“Breshia” klubi jamoaning janjalkash hujumchisi Mario Balotelli bilan shartnomani bekor qilishga erishdi.
Bu haqda klub prezidenti Massimo Chellino ma’lum qilgan.
29 yoshli futbolchi o‘tgan yili avgust oyida jamoaga erkin agent maqomida qo‘shilgan edi. “Breshia” Super Marioga bir million evro maosh ajratdi. Bu summa turli bonuslar evaziga to‘rt barobar oshishi mumkin edi.
Pandemiyadan so‘ng Balotelli kasalligini bahona qilib, jamoa mashg‘ulotlariga kelmadi. Uning bu qilig‘i klub rahbarlariga yoqmadi va ular Marioni jamoadan chetlatish harakatini boshladi. Mario esa 2022 yilgacha tuzilgan bitim erta yakunlanayotgani uchun kompensatsiya talab qildi.
Nihoyat, tomonlar kelishuvga erishib, hamkorlikni to‘xtatadigan bo‘ldi. Balotelli esa ummonortiga yo‘l olmoqchi.
Fikrlar