Kerak bo‘lmasam, jamoangizdan ketaman!

  • 5 avgust, 2024, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” tarbiyalagan mohir futbolchi Konor Gallaxer, nihoyat, London klubini tark etadigan bo‘ldi.

Tecno

24 yoshli charm to‘p ustasi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Gallaxer Madridning “Atletiko” klubiga o‘tib, Diego Simeone qo‘l ostida o‘ynashga rozilik bergan.

“Chelsi” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun o‘zi tarbiyalagan futbolchilardan bir nechtasini sotib yuborishga majbur bo‘ldi. Klub ana shu maqsadda “Atletiko” bilan Konor Gallazer transferini kelishib qo‘ygan.  

Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Konorning o‘zi “aristokratlar” safida qolishga harakat qilgan. Biro klub rahbariyati bilan suhbatlashganidan keyin jamoaga kerak emasligini tushunib etgan va “Chelsi”dan ketish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.

Konor Premer-ligada “Chelsi”dan tashqari ijara asosida bir necha klublar sharafini himoya qilgan. U Angliya chempionatining yuqori divizionida jami 136 ta uchrashuvda 18 ta gol urib, 13 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!