Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda

  • 18 aprel, 2024, 06:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 karra Chempionlar ligasi sohibi "Real" kuboklar sonini yana bittaga ko‘paytrishga yaqin kelmoqda. Madridliklar turnirdagi eng xavfli raqibi hisoblangan "Manchester Siti"ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Kepa esa 11 metrlik jarima zarbalarini amalga oshiradigan futbolchilarni tanlashda va Andrey Luninga ko‘rsatmalar berishda o‘z yordamlarini ayagani yo‘q. 

Tecno

Image

Bundan 5  yil oldin "Chelsi" "Manchester Siti" bilan Angliya liga kubok finalida to‘qnash keladi. O‘shanda asosiy tarkibda maydonga tushgan ispaniyalik posbonni Mauritsio Sarri penaltilar seriyasida zaxiraga olishni istaydi va uning o‘rniga Villi Kabalero tushirmoqchi bo‘ladi, lekin Kepa bunga qarshilik qilib, o‘ziga ishonayotganligini aytadi. Yakunda "shaharliklar" g‘alaba qozonadi, qaharamonimiz esa tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketadi. 

O‘sha seriyada Bernardu Silva markazga zarba berib, gol uradi Kepa buni yaxshi eslab qolgan ekan. U Luninga portugaliyalik futbolchini aynan o‘rtaga tepishini va joyidan qimirlamaslikni maslahat bergan. Buni ukrainalik darvozabonning o‘zi ham tasdiqladi. 

Arrisabalaganing 5 yildin oldin qilgan bu ishini deyarli barcha qoralaydi, tanqid qiladi va ustidan kuladi. Ammo bugun uning o‘shanda maydonda qolganligi qaysidiri ma’noda "Real"ni Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!