
Kepa jamoadoshini dunyoning eng zo‘ri deb atadi
Kepa Arrisabalaga Jud Bellingemni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.
- Sizningcha, Bellingem Mbappe va Xoland darajasidami?
- Hozir jahon darajasida Bellingemdan kuchliroq futbolchi bormi, bilmayman. Uning nimalarga qodirligini har bir uchrashuvda ko‘ramiz. Umid qilamanki, hammasi shunday davom etadi.
- Bellingem juda etuk yigit. U juda aniq fikrlaydi. U nafaqat gol uradi, balki, butun maydon bo‘ylab harakatlanib, ajoyib himoya ishini ham bajaradi", - dedi Kepa.
Fikrlar