"Kelasi mavsum ham PSJda o‘ynayman"

  • 17 may, 2022, 00:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma Frantsiya chempionatining eng yaxshi darvozaboniga aylandi. Uning o‘zi bundan hayratlanganini yashirib o‘tirmadi. 

- Ochig‘i, buni kutmagandim. Lekin har safar o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilganman. O‘yinlarning yarmida maydonda harakat qilgan bo‘lsam-da, sovrinni menga berishgani o‘z ishimga yaxshi yondashganimdan dalolat beradi. 

- Hozircha klub bilan kelajagimni muhokama qilganim yo‘q. Qarorni ular qabul qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham kelgusi mavsumda shu erda qolaman. 

- Men asosiy darvozabon bo‘lishimni bilaman. Biroq har qanday holat klubning o‘ziga bog‘liq. Bu erda chindan ham baxtliman va yana 4 yillik shartnomam bor. 

Kelgusi mavsumda Mbappe PSJda qoladimi? 

- U menga hech narsa demadi, ammo u bilan birga to‘p tepayotganimdan xursandman. Kilian qolsa yaxshi bo‘lardi. Biroq qarorni uning o‘zi qabul qiladi. 

 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!