
Keladiganlar ham ketadiganlar ham yo‘q! KXDR terma jamoasi haqida g‘alati faktlar
Xabaringiz bor, joriy xalqaro tanaffusda O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashning 3-raundi doirasida KXDR hamda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.
Qayd etish lozim, raqib KXDR terma jamoasi tarkibining umumiy transfer qiymati 6,55 million evroni tashkil qiladi. Bu borada ular JCh saralashi 3-bosqichida ishtirok etayotgan terma jamoalar orasida faqatgina Quvaytdan yaxshiroq (5.18)
E’tiborli tomoni shundaki, KXDR termasi tarkibida harakat qiluvchi barcha futbolchilar milliy chempionat a’zolari. Bundan tashqari, "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mamlakat klublarida birorta ham legioner harakat qilmaydi (klublarida 100 foiz mahalliy futbolchilar to‘p tepadi).
Bu terma haqida o‘rganishimiz vaqtida yana bir antiqa jihatga duch keldik. Aniqroq qilib aytganda, bu mamlakatning eng ko‘zga ko‘ringan klublarining ayrimlarida 5 nafar va hatto 1 nafar futbolchilar ro‘yxatdan o‘tganiga guvoh bo‘ldik. O‘sha klubda to‘p tepuvchi boshqa futbolchilar haqida esa deyarli ma’lumot yo‘q.
Fikrlar