Kel, birga o‘ynaymiz! Ronaldu “Barsa”dan superyulduzni chaqirdi
Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelayotgan Krishtianu Ronaldu “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Robert Levandovsini o‘z jamoasida kutmoqda.
37 yoshli Levandovskining joriy mavsum samaradorligi tushib ketdi. “Barselona” uning o‘rniga yosh va baquvvat hujumchi qidirishni boshlab yuborgan. Kataloniyaliklar yozda polshalik forvard bilan xayrlashmoqchi.
“An-Nasr”ning transfer siyosatida katta ta’sirga ega bo‘lgan portugaliyalik yulduz klub rahbariyatiga murojaat qilib, ulardan Robert Levandovskini olib kelishni so‘ragan.
Aslida Saudiya klublari anchadan beri mashhur to‘purarni o‘z safiga chorlab keladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Robert Levandovski Evropaning bir necha klublari, xususan, “Milan”dan ham taklif olgan.



Fikrlar