Kechagi kunning muhim xabarlari

  • 5 sentabr, 2019, 14:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.

Tecno

Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.

• Terma jamoa bosh murabbiyi "Navbahor"da ish boshlashi mumkin. Klub vakillari O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaevga taklif bilan chiqishgan. E’tiborlisi, G‘ulomxo‘jaev chindan ham «Navbahor»dan taklif bo‘lganligini tan oldi.

• Ektor Kuper Falastinga qarshi o‘yinoldi matbuot anjumanida jahon chempionatiga chiqishda hech qanday sir yo‘qligini aytdi. Buning uchun jamoa o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi hamda bitta maqsad sari intilishi zarurligiga e’tibor qaratdi.

• SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Falastin - O‘zbekiston uchrashuvini "Sport" telekanalida Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. O‘yin jonli efirda namoyish etiladi. Al-Ram shahridagi “Faisal Al-Husseini” stadionida o‘tkaziladigan bellashuv bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

• PSJ hujumchisi Neymarning transferi amalga oshmaganidan so‘ng, "Barselona" futbolchilari o‘zlarini aldangan deb his qilishmoqda. Futbolchilar rahbariyat boshidanoq Neymarni sotib olishni rejalashtirmagan va bu transfer bo‘yicha amalga oshirilgan barcha takliflar shunchaki futbolchilarni yaxshi kayfiyatda ushlab turishning bir usuli edi degan fikga kelishmoqda.

• O‘zbekiston MTJning Falastinga qarshi o‘yinini Fu Ming boshliq xitoylik hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga kanotlarda hamyurtlari Huo Veiming hamda Vang Detsin yordam beradi.
Fu Ming shu vaqtga qadar o‘zbek jamoalari ishtirokidagi 6 ta uchrashuvda faoliyat olib borgan. Unda jamoalarimiz 3 ta g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

• PSJ klubi hujumchisi Neymar "Barselona"ga o‘tmaganidan g‘azabda. Braziliyalik futbolchi klub rahbarlari uni "Barselona"ga sotmaganidan norozi. Uning fikricha, PSJ uni jazolamoqda. Neymar Frantsiyada qolishini kutmagan edi. U jamoadan ketish istagi borligini ochiq aytgan. Shuningdek, 27 yoshli forvard faoliyati davomida hech qachon bunchalik charchamganini aytib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!