Kecha "Real"ning ikki futbolchisi uchun tarixiy kun bo‘ldi

  • 25 oktabr, 2021, 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 10-turida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin "Real"ning ikki nafar futbolchisi uchun yubiley uchrashuv bo‘ldi.

Tecno

Shu kuni himoyachi Dani Karvaxal 300-, yarim himoyachi Luka Modrich esa “qirollik klubi” safidagi 400-o‘yinini o‘tkazdi.

29 yoshli Karvaxal “Real”da o‘tkazgan 300 ta uchrashuvi davomida o‘z hisobiga 7 ta gol va 51 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, 36 yoshli Modrich 400 ta o‘yinda 28 ta gol va 63 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!