
Kazemiro: "Vini "Real"dan ketsa, hayron qolmayman"
Kazemiro Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik bilan haqoratlar haqida gapirdi.
La Liganing 35-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Valensiya” muxlislari Vinisiusni “maymun” va “ahmoq” deb haqorat qilishdi. Bu esa “Real” futbolchilari bilan mushtlashuvga sabab bo‘ldi. Natijada o‘yin 8 daqiqaga to‘xtatildi.
“Irqchilar hali ham borligidan afsusdaman. La Liga bunga chora ko‘rishi kerak, chunki Vinisius bundan birinchi bor jabr ko‘rayotgani yo‘q. Uning "Real"da o‘ynayotganidan xursandman. Ammo uning ketishidan hayron bo‘lmayman", - dedi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi.
Fikrlar