
Kazemiro nega “Real”ga o‘tmagani sababi oshkor bo‘ldi
“Real” rahbariyati qishki transferlar vaqtida jamoaning sobiq futbolchisi Kazemironi “Manchester Yunayted”dan qaytarib olib kelishni rejalashtirgan edi.
Madridliklar tajribali o‘yinchi yordamida maydon markazini mustahkamlash va yosh o‘yinchilarning o‘sishini ta’minlashni ko‘zlagandi.
Trivela nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ga qaytishga ko‘nmagan. Kazemiro faoliyatining Madriddagi bosqichi tugab bo‘lgan, deb hisoblaydi va ortga qaytmaslikni ma’qul ko‘radi.
32 yoshli yarim himoyachi 2013-2022 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan.
Kazemironing manchesterliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar