Kazemiro: "G‘alaba qo‘limizda edi, lekin yakunda sirg‘alib tushdi"

  • 10 dekabr, 2022, 08:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kazemiro Braziliya terma jamoasining JCh-2022dan chiqib ketishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

Braziliyaliklar Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi. "Pentakampeonlar" qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida oldinda bo‘la turib bu hisobni oxirigacha ushlab tura olmadi va "lotereyalar" jangida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

"Barcha mag‘lubiyatlar og‘riqli bo‘ladi, ayniqsa maqsadingiz, orzuingiz va ko‘pyillik mehnatingiz ortidan chiqib tursa bu yanada alamlidir. Hozir gapirish uchun biror bir so‘z topish qiyin. Biroq hayot davom etadi. Barcha yigitlar borini maydonga tashlab ketdi, buyog‘i omadga ham bog‘liq.

G‘alaba qo‘limizda edi, lekin yakunda u sirg‘alib tushdi. Endi bizga xotirjamlik kerak, hayot esa davom etaveradi", dedi Kazemiro TV Globo telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!