Kavani supertaklif oldi

  • 24 mart, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga kelganidan keyin asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazayotgan Edinson Kavani yozda erkin agent sifatida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tadi. Urugvaylik hujumchi manchesterliklar bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Tecno

Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Italiya chempionligini himoya qilayotgan “Inter” Romelu Lukaku ketganidan keyin ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Bundan tashqari, “Inter” katta maosh olib, kam foyda keltirayotgan Aleksis Sanches bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.

Milanliklar kelasi mavsum oldidan hujumdagi bo‘liqni Edinson Kavanini qo‘shib olish orqali to‘ldirmoqchi.

Tajribali hujumchi joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol muallii bo‘ldi va bitta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!