
“Inter”dan Kavaniga super taklif
“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte PSJ hujumchisi Edinson Kavanining muxlisi ekani tufayli urugvaylik futbolchini o‘z jamoasiga olib kelish uchun maxsus taklif tayyorladi.
Milanliklar 33 yoshli futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qildi. Klub hujumchiga yiliga 5 million evro to‘lashni va’da qilmoqda.
Edinson Kavani hali bu taklifga javob bergani yo‘q.
Fikrlar