Kavani Neymar bilan do‘stlashishni istamagan

  • 11 oktabr, 2020, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi hujumchisi Edinson Kavani PSJda braziliyalik hujumchi Neymar bilan yuz bergan mojaroni esga oldi.

Tecno

- U yaxshi yigit. Bir marta “Lion”ga qarshi uchrashuvda urishib qolganmiz xolos. Janjal kiyim almashtirish xonasida ham davom etgan. Lekin ko‘pchilikning bu masaladagi bayonotlari haqiqat emas.

Biz u bilan turlicha fikrlaymiz. Men har doim jamoada hamma bilan do‘st-birodar bo‘lish shart emas, deb hisoblaganman. Faqat maydonda do‘st bo‘lib qolish kerak. O‘rtamizdagi farq, o‘zaro iliq munosabatni saqlab qolishga xalaqit qilmasligi kerak, - deydi Kavani.

Ma’lumki, “Lion”ga qarshi uchrashuvda braziliyaliklar – Neymar va Dani Alves jarima zarbasini Kavaniga bermaydi. Keyinroq esa, Kavani Neymarning penaltini ijro etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Maydonda boshlangan kelishmovchilik, kiyim almashtirish xonasida haqiqiy janjalga aylanib ketadi va ularni jamoa sardori Tyago Silva ajratib qo‘yadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!