
Kavani muxlislari uchun noxush xabar
Hujumchi Edinson Kavanining muxlislari tushunarsiz holatdan xabar topishdi. Futbolchi Urugvay terma jamoasining navbatdagi o‘yinlariga taklif qilinmadi.
Urugvay terma jamoasi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 34 yoshli futbolchi “tibbiy sabablarga ko‘ra” terma jamoaga chaqirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasining 11-turida "Manchester Yunayted" hamshahari "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher esa ushbu o‘yindan oldin Kavanining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar borligi haqida gapirmagan.
Ma’lumot uchun, Urugvay terma jamoasi 13 noyabr kuni Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar