
Kavani "Manchester Yunayted"da Ronalduning raqamini tanladi
Yaqinda "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan urugvaylik hujumchi Edinson Kavani “qizil iblislar” safida 7-raqamda to‘p suradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bundan avval, MYuning 7-raqamli libosida Krishtianu Ronaldu, Aleksis Sanches, Devid Bekxem, Erik Kantona va Jorj Best kabi futbolchilar harakat qilgan.
33 yoshli Kavani “Manchester Yunayted” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Fikrlar