
Katta transfer yaqin: “Roma” uch futbolchini tanladi!
“Roma” hujumchisi Nikolo Dzanoloni olishga harakat qilayotgan “Yuventus” nihoyat poytaxtliklarni bo‘lajak transferga o‘z futbolchilarini qo‘shishga ko‘ndirdi.
Rimliklar 22 yoshli futbolchini 50-60 million evroga baholamoqda. Turinliklar narxni tushirish uchun o‘z o‘yinchilarini taklif qilmoqda.
“Roma” mutasaddilari turinlik o‘yinchilar orasidan Artur Ramos, Fabio Miretti va Jakomo Vrionini tanladi.
Arturning transfer narzi 18 million evroni tashkil qilsa-da, Mourino bu o‘yinchiga unchalik qiziqmayapti. Portugaliyalik mutaxassis yosh o‘yinchilar – Italiya yoshlar terma jamoasi yulduzi, 18 yoshli yarim himoyachi Fabio Miretti va Albaniya terma jamoasining 23 yoshli hujumchisi Jakomo Vrioniga e’tibor qaratgan.
Fikrlar