
Katta tavakkal. “Bavariya” bosh murabbiy masalasini hal qildi
“Bavariya” klubi bosh murabbiy Tomas Tuxel o‘rniga Angliya Premer-ligasi vakili “Byornli”ga ustozlik qilgan Vensan Kompanini tayinlaydigan bo‘ldi.
Myunxen superklubi rahbariyati belgiyalik mutaxassisning kompensatsiyasi bo‘yicha “Byornli” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Bundesliga grandi angliyaliklarga 10-12 million evro miqdorida badal puli tulaydi.
“Bavariya” Vensan Kompani bilan 2027 yilning yarimgacha davom etadigan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
38 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini o‘z yurtida “Anderlext”ni boshqarishdan boshlagan. 2022 yili Kompani “Byornli”ni qabul qilib oldi.
Belgiyalik mutaxassis bu jamoa bir yilda Angliya Chempionshipi g‘olibiga aylantirib, Premer-ligaga olib chiqdi. Biroq jamoa bu mavsum yuqori diviziondagi joyini saqlab qola olmadi.
Mutaxassislarning ayrimlari “Bavariya”dek super klub murabbiylik faoliyatida jiddiy yutuqlarga erishmagan mutaxassisni bosh murabbiy qilib tayinlayotganini katta tavakkal ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar