Katta musobaqalar bo‘ladi

CHERY AUTO

Engil atletika federatsiyasida OAV vakillari ishtirokida qator musobaqalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda, xususan, Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan "Yangi Nafas" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi, "Vatan Qalqoni" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi va "Olympic Day" xalqaro sanasi munosabati bilan tashkil etiladigan ommaviy yugurish musobaqasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tecno

Jurnalistlar bilan uchrashuvda Sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Engil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhamedov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etdi.

Brifing davomida 25 iyun kuni ertalab soat 06:00 da 16 ta shaharda musobaqaga bir vaqtda start berilishi aytib o‘tildi. Ishtirokchilarga 3 ta masofani tanlash imkoniyati taqdim etiladi: 1 mil (1609 m), 3 km, 10 km, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand va Nukusda — 1 mil va 3 km. Andijon, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganchda — 3 km.

"Yangi Nafas" poygasida ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi uchun iticket.uz saytida 21-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tish davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!