Katanetsga ishonish qanchalik to‘g‘ri? Bunday odamlar yakunda mukammal darajada o‘z niyatiga erishadi yoki katta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

  • 19 sentabr, 2022, 19:04
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bosh murabbiy Srechko Katanets bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Juda qiziq fikrlarni bildirib o‘tdi "kouch". Raqobat bo‘lishi kerak emasligi, Iskanderovning uslubi Kamerunga qarshi to‘g‘ri kelmasligi borasida g‘alati gaplar yangradi men uchun. Shomurodov to‘g‘risidagi gaplarga o‘rganib qoldik, mayli. U sardor, u TOP-5 chempionatda o‘ynaydi (zaxirada ekani qiziq emas). O‘zi Katanets noodatiy qarorlar bo‘yicha ancha e’tiborni torta oldi. Shuningdek, o‘ta konservativ ekani ham turli shubhali fikrlarga sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Masalan, u Temurxo‘ja Abduholiqov haqidagi savolga "oldin futbolchi bilan ishlamagani, uning moslashishi ko‘p vaqt talab qilishi"ni aytib o‘tdi. Murabbiy selektsiya jarayonida kimgadir imkon bermasdan turib, uning darajasini qanday aniqlab olishi mumkin. Bu xuddi ishga olinayotgan yangi kadrdan "tajribang bormi?", - deb so‘ragandek holat emasmi?

temurxo‘ja

Raqobat haqidagi joyiga. Katanets raqobatni emas, ishonchni ustun qo‘yishini aytib o‘tdi. O‘zi ishonch bildirgan, taniydigan va birga ishlagan futbolchilarni ma’qul ko‘rishini ma’lum qildi. Shu sabab u ko‘pchilikning salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi. Avvaldan u tavakkalchi odam emasligi, o‘ta ehtiyotkorligini bildirib qo‘ygandi. Odatda, bunday odamlar yakunda mukammal darajada o‘z niyatiga erishadi yoki o‘ta katta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Biz birinchi variant bo‘lishi tarafdorimiz, albatta. Ammo ikkinchisi bo‘lsa, Katanets yana "men o‘z ishimni qildim", - deya olarmikin?

Iskanderov borasida u o‘yin uslubi to‘g‘ri kelmasligi, jismoniy tomondan ham afrikalik futbolchilar uni "eb qo‘yishi" haqida gapirdi. Bir tomondan to‘g‘ri fikrlar. Ammo viza haqida gapirib, Srechko imkon bo‘lsa, Jamshidni chaqirishini ham rad etmadi. Bu borada u qaror qilmagan. Mutaxassis shunga majbur bo‘lgan, katta ehtimol.

jama

Oston O‘runov va Shahboz Umarov to‘g‘risida.  Bu ikki futbolchi o‘yin amaliyoti borasida "dahshatli" ko‘rsatkichlarga ega. Biri transfer mashmashasi sabab endi yangi jamoaga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisi zaxiradan o‘yinni kuchaytirishda qo‘l kelishi mumkin. Boshqachasiga tasavvur qilib bo‘lmadi. Murabbiy ikki yarim himoyachini istiqboli porloq ekaniga ishonadi. Buni oldin ham aytib o‘tgandi. Unga ishonch bildirilishi va yigitlar buni oqlashiga Srechko hozircha shubha qilmayapti. Ko‘ramiz, vaziyat qanday tus olarkin?!

oston  

Yoshlar futboli borasida mutaxassis noto‘g‘ri fikr bildirmagan, deb o‘ylayman. Bu o‘zbek futbolining og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lib kelgan. Ular natija qayd etadi, to‘g‘ri. Ammo shundan so‘ng darhol "ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi". Katanets shu narsalardan xabardor ekani e’tiborga molik.

 

Shohrux Zoirov maqolasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/09/2022 22:47
Jamshid haqiqatdan. yahshi uynayapti. lekin bir narsani unitmaylik. urtaga raqobat kuchli. keyin Jamshid. katta temp uyinlarga yoqolib qoladi. masalan. Navbahor Quqon bilan uyinga 2 taym. Jamshid maydonga qerga borishini ham nima qilishi ham unitib. quydi. yoki lokaga uynagan vaqti ham unchalik darajasi fahima emas. yomon demoqchi emas. shunchaki fahima qiladigan darajaga emas. keyin. boshqa uyinchilarni aytishni. sahal uylap aytishdi. ayrim aytkan uyinchilar kucha fudbolidaki bolalar pala partish ur tep maydonag yugur faqat. deydigan klublanikidan. sahal. tafsiya qilguncha. uylash ham kerak. fudbol uzi nimalegini.
Gulomqodir Askhanov
20/09/2022 16:06
Комерун ва к рикадан кейин кадайдир яхши хулосага келишимиз мумкин булса керак
Avaz Begmatov
20/09/2022 12:08
Катанец кегунча бумай колдиларинг. Раз келдими, куйинг уз холига ишласин. Натижа курсатиш унинг интересида борку, максади бор, уз карши бор.
&
FANAT M-YU
20/09/2022 07:35
Naqadar qaloq fikrlaysizlar do‘stlar bo‘ldi qililar o‘zlaring nimani qoyillatib qo‘ydilaringi bu yerda mutahassisdek fikr bildirayapsizlar
&
Yusupov Ibrohim
20/09/2022 01:07
Jamshid Iskanderovni bir paytlar Paxtakordagi óyinlarini yaxshi eslayman.Óshanda bu bola Messini Ózbekcha variantiku deb yuborgandim.Keyinchalik u jismonan ósa olmadi,katta óyinlarda yóqolib qoldi,terma jamoada umuman boshqa sa'viyada kórindi. Shaxsan agar men terma jamoa murabbiyi bólganimda ham uni óylashib chaqirar edim.Juda unchalik iste'dodli bólmasa ham stabil yigitlar kerak terma jamoaga.
&
салахидин
19/09/2022 22:06
Хаммаси расво килади
&
Абдурахмон лидер
19/09/2022 19:29
Топ 5 чемпионатида айникса италиянинг а сериясида катнашадиган клубнинг машгулот жараёни бошка клубларникидан ижобий манода анча фарк килади. Шунинг узи катта савия.
&
Абдурахмон лидер
19/09/2022 19:26
Шомуродов захирада булса хам колган хужумчилардан анча савияси баландрок хамда формаси хам анча яхширок. Сабаби захирадан тушаётган уйинларида яхши тасурот колдириокда. Шу сабабли бу хакида фикр юритилмагани макулрок.