Katanets bilanmi yoki usiz?! Nima o‘zgaradi?

  • 20 yanvar, 15:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Srechko Katanetsning sog‘lig‘i bilan muammolar sababli Doha bo‘ladigan yig‘inni o‘tkazib yuborishi ko‘pchilikni e’tiroziga sabab bo‘lgani rost. Xo‘sh, muammo nimada? Uning keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Terma jamoa bundan hozir yutadimi yoki yutqazadi? Shu mavzuga imkon qadar kichik matn bilan oydinlik kiritamiz.

Tecno

Sloveniyalik mutaxassis 2024-yilning o‘zida JCh saralashidagi o‘z uyimizdagi ikkita katta o‘yinni (BAA va Eron) sog‘lig‘idagi muammolar sababli onlayn tomosha qilgan edi. Bundan avvalroq, "CAFA cup" finalida ham biz uni postida ko‘rmagan edik. Keyin jurnalistlar bu masalada unga savol bergan va javob ko‘pchilikni yodida bo‘lsa kerak:

- Terma jamoamizni JChga olib chiqishga ruhan va jismonan tayyormisiz?

- Sog‘ligim haqida gapiradigan bo‘lsam, ancha vaqt ketib qoladi. O‘z vaqtida salomatligimga qaramaganman va hozir davolanishga to‘g‘ri kelmoqda. Agarda 3-marta ketadigan bo‘lsam, qaytib kelmayman. Ishonamanki, bu narsa bo‘lmaydi. Men JChga chiqish uchun ruhan tayyorman.
Uning 2024-yilning 5-iyun sanasida bildirgan fikridan so‘ng, ishqibozlar xotirjam bo‘lgan edi, ammo ko‘p o‘tmay yana shu xol takrorlandi. Umumiy hisobda, bu Mister Katanetsning o‘tkazib yuborayotgan 4-o‘yini. Aslida, gap uning jahl ustida aytgan gapida ham emas. Keling, vaziyatga yaxshiroq nazar tashlash uchun mavzuga chuqurroq kiramiz.


Qatardagi havoga uchgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari!

Murabbiy bir necha yil davomida ichki birinchilikdagi yangi nomlarga imkon bermaganligi uchun tanqid qilindi. Keyin, MTJda rotatsiya yo‘q ekanligi ham keskin fikrlarga sabab bo‘ldi, ammo hech qanday reaktsiya bo‘lgani yo‘q. Asosiy o‘yinlar o‘tib bo‘lgach, kattagina tanaffus yuzaga keldi va yig‘in belgilandi. Kutilgan nomlar chaqirildi va legionerlar bezovta qilinmadi. Yakunda, murabbiy o‘zi ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Eng achinarli tomoni, bu yig‘inda o‘zini ko‘rsatmoqchi, isbotlamoqchi bo‘lib kelgan ko‘plab futbolchilar bu safar ham Srechko Katanes e’tibor markazidan tushib qoladi.

Uning yordamchilari, Eron bilan bahsda futbolchi almashtirishga yurak betlamaganini inobatga olsak, qaysidir futbolchini bosh murabbiyga tavsiya qilishiga ishonish qiyin. Etmaganiga, bu yig‘in hozir mavsum oldi mashg‘ulotlarga kirishga va jismoniy holatini tiklash uchun intensiv shug‘ullanayotgan Superliga klublarini ziyoniga ishladi. Yangi mavsum oldidan eng muhim jarayonda etakchilarning bo‘lmasligi tayyorgarlik protsessiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Iordaniya bilan bahs muhimmi?

Umuman olganda, bu o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga ham ega bo‘lmagan o‘yin. FIFA tasnifiga ko‘ra, ikkinchi kategoriyada bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, murabbiylar istalganicha o‘yinchi almashtirishi mumkin. Unda qayd etilgan natija FIFA reytingi uchun hech qanday ochko bermaydi. Futbolchilarni ko‘rib olishi kerak bo‘lgan Mister Katanetsning kelmasligi va o‘yinni ahamiyati pasayganini hisobga olsak, bu yig‘inning ahamiyati ancha yo‘qolgani bor gap.

Katanets bugun bizga kerakmi?

Eng achinarli tomoni shundaki, hozir MTJ sloveniyalik murabbiy sababli juda murakkab vaziyatga tushib qoldi. Hozir, uni iste’foga chiqarish katta tavakkallikka qo‘l urish degani. Uni o‘rnini egallaydigan mutaxassis qisqa muddat ichida qizib turgan qozonda o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Murabbiyga ishonishda davom etsak, uning yarim kuch bilan termani boshqarayotganini hazm qilishga majbur bo‘lamiz. Sog‘liq bilan muammo borligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, murabbiyni ishida kamchiliklar ko‘rina boshlagani bor gap. Ko‘rinib turibdi-ki, hozir o‘zbek futboli Katanets qolsa ham, ketsa ham deyarli birdek risk qilmoqda.

Agar bu vaziyatga murabbiy rakursidan qaralsa, uning uchun ikki holat ham foydasiga ishlashini ko‘rish mumkin. Agar postni topshirsa, kompensatsiya sifatida kontraktidagi barcha maoshni oladi va o‘z reytingini ancha ko‘tarib olgan xolda kichik tanaffusdan so‘ng boshqa jamoada ish boshlaydi. Postida qolsa, JCh yo‘llanmasiga ega chiqib so‘nggi 22 yillik murabbiylik karerasidagi eng katta yutuqqa ortiqcha kuch sarflamay erishadi.

Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, O‘FA murabbiyga oxirigacha ishonch bildiradi. Boshqacharoq qilib aytsak, hech kim mas’uliyatni bunday og‘ir vaziyatda o‘z bo‘yniga olishni istamaydi. Demak, sabr qilamiz. Hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga umid qilamiz. Yo sizda boshqa variant bormi?!

Oybek Yo‘ldoshev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998911709159
20/01/2025 22:04
Кетса хам, колса хам шартномадаги суммани тулик олади деяпсиз !Колгани яхши. Янги мураббий келиб киска вакт ичида жамоага уз услубини сингдиролмайди.Яни жамоани уз тактикасига мослаштириб, асосий таркибни аниклагунича саралаш цикли тугаб булади.Олдиндаги уйинлар уртоклик учрашувлари эмаску!Таваккал килиб мураббий алиаштиргандан кура шу мураббий билан циклни якунлаб куйган маькул менимча!?Хам молиявий,хам натижа томонлама...
Abat Berdimuratov
20/01/2025 16:35
Aslida bu guruhga Marchello Lippi Mourinyo kabi murabbiylar shart emas ozimizning Qosimov Kapadzelar ham olib chiqa olar edi. Lekin biz katta xatoga yol qoydik aslida Katanecni olib kelib, bizlarga oyin sistemasini qura oladigan tarkibga qaysi futbolchini olib kelsakham bir xil oynaydigan oyinni quradigan murabbiy topishimiz kerak edi