Kataloniya klubi mavsumda 3-marta murabbiyni ishdan oldi

  • 27 iyun, 2020, 16:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abelardo Fernandes “Espanol” klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, kataloniyaliklar shu tariqa joriy mavsumning o‘zida 3-marta murabbiyni iste’foga chiqarishdi. Aniqrog‘i, mavsum boshida jamoani David Galego boshqargan, oktyabrda esa uning o‘rnini Pablo Machin egallagandi. Ikki oydan so‘ng u ham ishdan olindi va Abelardo Fernandes tayinlandi.

Hozirda “Espanol” 24 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!