Kataloniya klubi bir yillik tanaffusdan so‘ng yana La Ligaga qaytdi!

  • 9 may, 2021, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Espanol" klubi yangi mavsumdan boshlab yana Ispaniyaning eng yuqori divizioni – La Ligada ishtirok etadi.

Tecno

Kataloniyaliklar Segunda yakunlanishiga 4 ta tur qolganida La Ligaga chiqish vazifasini uddaladi. Aytish lozimki, "Espanol" oradan bir yil o‘tib yana primeraga qaytdi.

La Ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi ikkinchi o‘ringa "Malorka" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ushbu jamoa hozircha eng yaqin taqibchisidan 5 ochkoga oldinda bormoqda.

La Liga uchun 3-yo‘llanma pley-off orqali o‘ynaladi. Bunga "Almeriya", "Leganes", "Sporting", "Jirona" va "Rayo Valekano" klublari kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!