
Kasilyas "Portu" bilan birga Portugaliya kubogi finaliga boradi
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas "Sporting"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Portugaliya kubogi finaliga boradi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik posbon may oyi boshida mashg‘ulotlar paytida yurak xurujiga uchrab shifoxonaga yotqizilgan va keyinchalik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Shundan buyon u maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, "Sporting" - "Portu" uchrashuvi ertaga 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar