Kasadoga Frantsiya va Angliyadan taklif bor!

  • 30 avgust, 14:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado transferlar oynasi tugashidan oldin jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning yozishicha, Kasado Frantsiyaning “Marsel” va Angliyaning “Vest Xem” klublari "short list"idan joy olgan.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va yaxshi taklif tushsa uni sotadi. Bu mavsumda Kasado Ispaniya La Ligasining bir o‘yinida maydonga tushdi

21 yoshli xavbekning kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, umidli yulduzning narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!