
Karvaxalda 4 ta o‘yinlik diskvalifikatsiya xavfi bor
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal Chempionlar ligasida 4 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda "AS" xabar berdi.
Bu voqea "Real" va "Arsenal" o‘rtasidagi javob uchrashuvi vaqtida sodir bo‘ldi (1:2, birinchi o‘yin – 0:3). Har ikkala o‘yin yakunlariga ko‘ra, madridliklar musobaqadan chiqib ketdi.
Tanaffus payti Karvaxal va Bukayo Saka o‘rtasida tortishuv yuz bergan. Gap-so‘zlar orasida ispaniyalik himoyachi Sakani bo‘yin orqasidan ushlab, unga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Guvohlarga ko‘ra, Karvaxal Sakaning penaltini "panenka" uslubida tepganidan ranjigan – unga qarshi Tibo Kurtua seyv amalga oshirgan.
Agar Fransua Letekse ushbu epizodni rasmiy hisobotga kiritgan bo‘lsa, UEFA Qarvaxalga:
1 ta o‘yin – texnik zonani tark etish uchun,
3 ta o‘yin – raqibga hujum qilish uchun
jami 4 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya berish huquqiga ega.
Fikrlar