
Karvaxal Vinisus zaxirada o‘tirib ham jamoaga foyda keltirishini aytdi
"Real Madrid" sardori Daniel Karvaxalning fikricha, Vinisius jamoaga zaxirada ham foyda keltiradi.
Madridliklarning braziliyalik vingeri La Liga doirasida "Ovedo"ga qarshi o‘yinda (3:0) asosiy tarkibdan tushib qolib, zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va gol urib, golli uzatmani amalga oshirdi.
- Zaxiradagi Vinisius - motivatsiya vositasimi?
- Menimcha, biz bundan foyda olishimiz kerak. "Ovedo" bilan o‘yinda u zaxiradan maydonga tushdi, gol urdi, golli uzatmani amalga oshirdi. Keyingi turda u yana gol urdi.
U uch kunlik tanaffus bilan 60 ta o‘yin o‘tkazib, yuqori darajani ushlab turish juda qiyinligini tushunishi kerak. Vini o‘zining mahorat darajasi va yarim soat ichida ko‘rsatadigan qobiliyati bilan o‘yinga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘ylashimcha, murabbiyning g‘oyasi hammamiz o‘yinga tayyor bo‘lishimizdir va zaxiradan maydonga tushadigan futbolchi ko‘pincha asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchidan ham muhimroqdir", - dedi "Madrid" himoyachisi.
Fikrlar