
Karvaxal: Ushbu natija qanchalik muhimligi haqida o‘ylash kerak
Dani Karvaxal "Real"ning "Barselona" bilan o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.
"Barselona" Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yozgi mavsumoldi turnesida "Real Madrid"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Barselona"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lish eng yoqimsiz, lekin bu qaysi o‘yinda bo‘lganini va ushbu natija qanchalik muhimligini eslash kerak. Ishonchim komilki, biz ularni rasmiy musobaqalarda mag‘lub etamiz.
Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, beshta ustun va penaltidan foydalana olmadik. Ishonchim komilki, rasmiy o‘yinlarda biz ularni mag‘lub etamiz”, - dedi “Real” himoyachisi.
Fikrlar