Karvaxal tizzasidan jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi

  • 28 oktabr, 15:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" himoyachisi va sardori Dani Karvaxal "El-klasiko"dan keyin jarohat olganidan so‘ng operatsiya qilindi. Klubning rasmiy xabariga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyog‘idagi tizza bo‘g‘inida muammo aniqlangan.

Tecno

Seshanba kuni Karvaxal muvaffaqiyatli tarzda artroskopiya amaliyotini boshidan kechirdi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Yaqin kunlarda futbolchi tiklanish jarayonini boshlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachi maydonga qaytish uchun kamida 2–3 oy vaqt talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!