Karreras: "Xabi Alonsoni driblingi Yamalnikidan yaxshiroq"

  • 27 oktabr, 12:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi qanot himoyachisi Alvaro Karreras "el klasiko"dan keyin muxbirning "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqidagi savoliga javob qaytardi.

Tecno

- Alvaro, Lamin Yamalni qanday qilib to‘xtatdingiz?
- Men unchalik harakat qilmadim ham, murabbiyimiz Alonsoning mashg‘ulotlardagi driblingi unikidan yaxshiroq (kuladi), - deb javob berdi Karreras o‘yin tugagandan so‘ng flesh-intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin oldidan Yamal "Real" sha’niga aytilgan keskin so‘zlar tufayli mojaro markazida bo‘lgan edi. O‘yin davomida Madrid klubi futbolchilari o‘z noroziliklarini namoyish qilmoqchi bo‘lishdi va maydonda yosh futbolchining "og‘zini yopishga" harakat qilishdi. Final hushtagidan so‘ng o‘yinchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi, unda Yamal yana diqqat markazida bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!