
Karrager: De Bryuyne Inesta, Xavi va Modrich bilan bir qatorda tilga olinishi mumkin, agar...
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuynega superyulduz bo‘lish uchun nima etishmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi kecha Chempionlar ligasi 1/2 finalining “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvida (1:1) hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Agar u Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, trebl qayd eta olsa, bu uni yuqori darajaga olib chiqadi. Biz uning iqtidoriga shubha qilmaymiz, lekin har doim futbolchilarni eng yirik turnirlardagi g‘alabasiga qarab baho beramiz.
Shuning uchun o‘yin oldidan uni “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va jahon chempionati finalida o‘ynagan Modrich bilan solishtirgandim.
Agar “Siti” finalga chiqsa, biz Kevin haqida nafaqat ushbu avlodning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri, balki tarixdagi eng yaxshilaridan biri sifatida ham qayd etamiz
30-40 yildan beri futbol tomosha qilayotgan bo‘lsam, men undan yaxshiroq o‘yinchilarni kam ko‘rganman. Undan yaxshiroq pas beruvchini ko‘rmaganman deb o‘ylayman, lekin u Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi kerak. Shundagina u Inesta, Xavi va Modrichlar bilan tenglashadi”, - dedi Karrager.
Fikrlar