Karolina Plishkova Mayamida xursand bo‘ldi
Chexiyalik tennischi Karolina Plishkova Florida shatatida o‘tayotgan "Miami Open" turnirining yarim final bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Musobaqaning 1/4 finalida Karolina hamyurti Marketa Vondroushovani dastlabki setda 6:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, ikkinch setda raqibiga bor-yo‘g‘i 4 geymni boy berdi.
Shu tariqa Mayami shahridagi navbatdagi o‘yinini K.Plishkova ruminiyalik Simona Xalepga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar