
Karlush Keyrush: Chiliga qarshi o‘yinda Kolumbiyaning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Amerika kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Chiliga qarshi bahs borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Chililiklar – amaldagi chempionlar. Bizda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q, ammo biz kerakli natijani qayd etish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Futbolchilarimda kuchli xarakter borligini bilaman. Ular bor e’tiborlarini qaratishgan va bu o‘yinda oson g‘alaba bo‘lmasligini bilishadi. Biz bir narsani tushunishimiz kerak, hozir barchasini qo‘lga kiritamiz yoki hech narsani. Ushbu bahsga hech qanday jiddiy yo‘qotishlarsiz kelganimizdan xursandman”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya – Chili uchrashuvi 29 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00da boshlanadi.
Fikrlar