
Karlo Anchelotti "Yuventus" futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
Yarim himoyachi Sami Xedira qishki transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
33 yoshli futbolchi turinliklar tarkibini qishda erkin agent maqomida tark etishi mumkin. Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, Xedira "Everton" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Germaniyalik futbolchining "Yuve "bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Oldinroq, klub xavbekga kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi.
Xedira "keksa sinora" safiga 2015 yilda "Real"dan ko‘chib o‘tgan. U ortda qolgan vaqt mobaynida 99 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar