Karlo Anchelotti: "Sherif" guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz lozim

  • 28 sentabr, 2021, 18:35
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun EChL 2-turi doirasida "Real" hamda "Sherif" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Menda "A" va "B" jamoalari yo‘q, men har bir o‘yin uchun alohida futbolchi tanlayman. Bizning yarim himoyamizda Modrich, Kazemiro, Kroos, Valverde, Isko, Asensio va Kamavinga kabi futbolchilar borligi ajoyib. Ularning barchasi mavsum davomida bizga foyda keltiradi. Men ilgari bunday kuchli yarim himoyachilar bilan kamdan-kam ishlaganman.

Biz Chempionlar Ligasi yutishimiz kerak. Bu turnirdagi barcha uchrashuvlarga maxsus tayyorgarlik zarur. "Sherif" yaxshi o‘ynamoqda. Ular guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak, chunki biz tezkor hujum uyushtiruvchi raqibga duch kelmoqdamiz. Bizga uchta ochko kerak va biz diqqatimizni to‘liq jamlashimiz lozim", - dedi Anchelotti.

"Sherif" bosh murabbiyi: "Real"dan qo‘rqmaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Isayev Sirojiddin
28/09/2021 23:14
Sport TV kanali iltimos hamyurtimiz Jasur oʻynaydigan oʻyinni olib beringizlar.
Ulugoff Dlyabiznesa
28/09/2021 20:47
Уйин силкаларини кидирвотканла учун! Uzbekistan Legioners телеграм каналида жойланган
&
Бухорий Шариф
28/09/2021 20:24
Жуда қизиқ ўйин бўлса керак.