
Karlo Anchelotti "Real"dagi o‘zining sobiq shogirdini "Everton"ga chorlamoqda
"Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Everton" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real"dan o‘zining sobiq shogirdi Xamesni ijaraga olmoqchi. Xames va Anchelotti Germaniyada ham birga ishlashgan. Shu bois italiyalik mutaxassis kolumbiyalik xavbekni APLga chorlamoqda.
Fikrlar