Karlo Anchelotti Neymarga shart qo‘ydi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni mundialda ishtirok etishi uchun qanday shart qo‘yganini ma’lum qildi.
"Hozir dekabr oyi, Jahon chempionati esa iyunda bo‘ladi. May oyida men mundial uchun qaydnomani e’lon qilaman. Agar Neymar o‘sha vaqti o‘ynashga munosib bo‘lsa, sog‘lom va boshqalardan yaxshi sport formasida bo‘lsa, Jahon chempionatida ishtirok etadi", - dedi italiyalik mutaxassis.
33 yoshli futbolchi hozirda "Santos" safida harakat qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya Jahon chempionatida C guruhidan joy oldi. Janubiy amerikaliklar turnirda Shotlandiya, Gaiti va Marokash terma jamoalari bilan bellashadi.



Fikrlar