Karlo Anchelotti eng yaxshi ko‘rgan klubi qaysiligini aytdi. U “Real” emas!

  • 6 yanvar, 2024, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi kelishuvga ko‘ra, 2016 yilgacha madridliklarga ustozlik qiladigan bo‘ldi.

Tecno

64 yoshli murabbiy bolaligidan qaysi jamoani yoqtirishini aytdi.

- Bolaligimda “Inter”ga muxlislik qilardim. Hozir ham men aynan mana shu klub ishqiboziman. Lekin hech qachon “Inter”ga murabbiylik qilmayman, - dedi Karlo Anchelotti.

Italiyalik mutaxassis “Real”ni 2021 yildan beri boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida madridliklar bir necha sovrinlar, xususan, Ispaniya Chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida “Everton”, “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli” kabi jamoalarda ishlagan va ularning aksariyatida yuqori natijalarni qayd etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!