Karimni Angliyaga olib ketishadi

  • 13 iyul, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor futbolchisi Karim Adeyemi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Sky Germany nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli o‘yinchi xizmatiga Angliyaning ikki grandi – “Liverpul” va “Chelsi” ko‘z tikmoqda. Har ikki klub transferni to‘liq amalga oshirmoqchi.

Avvalroq, Turinning “Yuventus” klubi iste’dodli charm to‘p ustasini bir mavsumga ijaraga berishni so‘rayotgan edi.

Karim Adeyemi yakunlangan mavsumda dortmundliklar safida 34 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Hujumkor futbolchining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan va uning transfer summasi 28 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!