Karim Benzema: "Xabi Alonso hech narsa qila olmaydi!"
"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Karim Benzema "qirollik klubi"ning hozirgi holati, murabbiylar va futbolchilar bilan bo‘layotgan muammo haqida gapirdi.
"Xabi Alonso hech narsa qila olmaydi, chunki unda juda kuchli futbolchilar bor va u ularni maydonga tushirishga majbur.
Bu juda qiyin. Har bir o‘yinchida o‘z “men”i bor. Bu yulduzlar o‘zlariga shundan iborat xulosa qilishlari kerakki, ularning har biri jamoaga qandaydir foyda bera oladi. Eng muhimi — bir-biri bilan muloqot qilish.
Muammo shundaki, sen o‘zingdan ko‘proq gol uradigan futbolchi borligini qabul qilmaganingda muammo yuzaga keladi. Ko‘p yulduzlar jamoada bo‘lganda shunday holatlar paydo bo‘ladi.
Agar jamoadoshing sendan yaxshiroq bo‘lsa, uni qabul qilishing kerak. Chunki o‘sha jamoadosh ham baribir boshqalarga muhtoj — u hammasini o‘zi qila olmaydi", - deya ta’kidlab o‘tdi frantsiyalik futbolchi.



Fikrlar