
Karim Benzema finalga kelishi mumkin. "Real" bunga qarshi emas
"Real" hujumchisi Karim Benzema Frantsiya ishtirokidagi JCh-2022 finaliga kelishi mumkin.
AS nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" agar futbolchi Qatarga borishni xohlasa, unga qarshilik qilmasligini bildirgan. Qaror Benzemaning o‘ziga bog‘liq, "Real" unga xalaqit bermaydi.
Agar Frantsiya terma jamoasi finalda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Karim ham jamoa bilan birga medal olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi mundial startiga bir necha kun qolganida jarohat olib, terma jamoa lagerini tark etgandi.
Fikrlar