
Karillo AGMKga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida AGMK "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan saudiyaliklar futbolchisi Andre Karillo matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Futbolchi sifatida bizga qanday bosim bo‘layotganini his qilib turibmiz. Shu sababli, AGMKga qarshi bahsga yaxshi munosabat bildirishimiz lozim. Bizda ma’suliyat bor. Katta jamoa sifatida maqsadga erishish uchun oldinga harakat qilishimiz kerak.
Futbolchilar bilan so‘nggi uchrashuvdan keyn gaplashib oldik. Oxirgi bahsdagi o‘yinimizdan qoniqmadik. Ertangi bellashuvda faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz", - dedi Karillo.
AGMK va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun tunda 00:00da start oladi.
Fikrlar
АГМК омад йигитлар.