
Karantin paytida Dani Alvesning boshidan banan "o‘sib chiqdi" (foto)
"San-Paulu" klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves instagramdagi sahifasiga qiziqarli surat joylashtirdi.
Aniqrog‘i, u ijtimoiy tarmoqqa boshiga bir to‘p bananni qo‘ygan holda tushgan suratini yukladi.
Aytish kerakki, Dani Alves tarixda eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U ayni damda koronavirus tufayli o‘z o‘zini yakkalash qoidasiga amal qilgan holda uyda bo‘lib turibdi.
Fikrlar