
Kapadze: "Yakuniy qarorni vaqt ko‘rsatadi"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan Temur Kapadze mazkur lavozimni qo‘lga olishdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Mutaxassis "O‘zbekcha Futbol" loyihasi davomida eksklyuziv aloqada o‘z fikrlarini bildirdi.
- E’tiborni keyingi o‘yinlarga qaratish kerak. Jamoani muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Hozircha mazkur holat bo‘yicha hech narsa ma’lum emas. Bu lavozim katta mas’uliyat talab etishini inobatga olgan holda vaziyatni to‘g‘ri baholash lozim. Yakuniy qarorni esa vaqt ko‘rsatadi. Mazkur o‘ringa qay mutaxassis tayinlanishidan qat’iy nazar jamoadagi faoliyatida omad tilayman, - dedi 43 yoshli mutaxassis.
Ma’lumot uchun, avvalroq 2021 yildan beri terma jamoani boshqarib kelgan murabbiy Srechko Katanets sog‘ligidagi muammolar sababli mazkur lavozimd an ozod etilgan edi.
Fikrlar