Kante nega PSJning taklifini rad etdi?
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante o‘ziga PSJdan takliflar bo‘lganini tasdiqladi.
“Men “Chelsi”da baxtliman. Menga Londondagi hayot va jamoaning loyihasi yoqadi. PSJning taklifiga kelsak, men uni sport sabablariga ko‘ra rad etdim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Kante “aristokratlar” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 150 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar