Kante faoliyatini qaysi klubda davom ettirishni hal qildi

  • 13 aprel, 2023, 14:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Ngolo Kante "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi Angliya premer-ligasining boshqa klublari qiziqishiga qaramay, "pensionerlar" jamoasida qolmoqchi. Kante xizmatlariga "Tottenxem" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Kante 2016 yildan beri London klubining sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

32 yoshli xavbek joriy mavsumning aksariyat qismini jarohati tufayli o‘tkazib yubordi. U joriy mavsumda premer-ligada atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!