
Kante “Chelsi”ga kerak emas
“Chelsi” mutasaddilari yozgi transferlar davrida jamoa etakchilaridan biri N’Golo Kanteni sotib yuborishga qaror qildi va shu bois, frantsiyalik yarim himoyachi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Kantening agenti ayni paytda mijoziga yangi ish joyi qidirmoqda. Manbalarning xabar berishicha, u “Pari Sen-Jermen” rahbariyatiga Kanteni olishni taklif qilgan. Parijliklar ham anchadan beri Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisiga qiziqish bildirib keladi.
Kanteni qo‘lga kiritishni istagan jamoa “Chelsi”ga 70 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi. “Aristokratlar” bu transferdan keladigan mablag‘ni “Vest Xem Yunayted” yulduzi Deklan Raysni olishga yo‘naltirmoqchi.
Fikrlar